Янгиликлар

BIRIKTIRILGAN TASHKILOT: VATANPARVAR O‘QUV-SPORT KLUBI FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Deputatlik nazorati doirasida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Xasanovaga biriktirilgan Shovot tumani “Vatanparvar” o‘quv-sport klubi faoliyati bilan tanishildi.
🔎 O‘rganish davomida klubda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
📌 Shuningdek, o‘quv-mashg‘ulotlarining tashkil etilishi, mavjud shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, klub faoliyatini yanada takomillashtirish va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.