Янгиликлар

🏫 MAKTABGACHA TA’LIM — BOLALAR KELAJAGI UCHUN MUHIM QADAM

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Bobojonova Qumyop mahallasida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarini maktabgacha ta’limga jalb etish holatini o‘rgandi.
📌 O‘rganish davomida:
ijtimoiy reyestrdagi oilalar farzandlarining maktabgacha ta’lim bilan qamrovi;
maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirish va joylashtirish holati;
mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish imkoniyatlari;
bolalarni ta’limga kengroq jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🎯 Maqsad: ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va ta’limga teng imkoniyat yaratish.