Янгиликлар

AYOLLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

AYOLLAR BANDLIGI VA TADBIRKORLIGI — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Sattorova Dinora Jumanazarovna tomonidan tumandagi Madaniyat mahallasida bandligi ta’minlangan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ayollarning bugungi kundagi tadbirkorlik faoliyati, bandlik holati, mavjud muammolari va ularni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini yanada mustahkamlash hamda faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni tegishli tartibda o‘rganish va yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uchrashuv deputatlik nazorati doirasida aholi, xususan, xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolarini amaliy hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.