Янгиликлар

MINOR MAHALLASIDA PIYODALAR XAVFSIZLIGI MASALASI O‘RGANILDI

 Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati O.R. Kashkarov tomonidan Minor mahallasi aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🚸Uchrashuv davomida mahalla aholisi tomonidan 9-sonli maktab bo‘ylab piyodalar yo‘lagining mavjud emasligi masalasi ko‘tarildi.

👨‍👩‍👧‍👦Mahalla aholisi, maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilarning ota-onalari maktab atrofi avtomobillar bilan gavjumligi, bu esa bolalar xavfsizligiga xavf tug‘dirayotganidan xavotir bildirdilar.

📌Mazkur masala yuzasidan mahalla fuqarosi J.M. Mahmudov deputatga 9-sonli maktab atrofida xavfsiz va ixcham piyodalar yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha loyiha taklifini taqdim etdi.

📐Shuningdek, maktab atrofida xavfsiz piyodalar hududini tashkil etish bo‘yicha loyiha chizmalari ham ishlab chiqildi.

✅Deputat tomonidan mazkur taklif joyida o‘rganilib, bolalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida piyodalar yo‘lagini tashkil etish zarurligi qayd etildi.

🤝Ushbu masala deputatlik nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni amaliy hal etish choralari ko‘riladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4