35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholini muhofaza qilish, ichki yo‘llarni saqlash va ta’mirlash, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda “Ochiq budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, maktab bitiruvchilarining oliy ta’limga kirishi, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish hamda mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 7