👤 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi, 19-Eshon qal’a saylov okrugidan saylangan deputat Shodonova Dilorom Qadamovna, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov hamda Eshon qal’a mahallasidagi hokim yordamchisi tomonidan mahallaning Zumrad ko‘chasida ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari o‘rganildi.
🚶♀️ O‘rganish davomida ko‘cha aholisi bilan suhbatlashilib, ularning mavjud muammo va takliflari tinglandi.
🛣 Murojaatlardan biri Zumrad ko‘chasini asfalt qilish masalasi yuzasidan bo‘ldi.
📌 Mazkur murojaat tegishli tartibda o‘rganilib, muammoni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.
🤝 Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning muammolarini amaliy hal etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.