35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#162_qonun

🔍Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri N. Mo‘minova hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan mahallaga biriktirilgan mas’ul va mahalla profilaktika inspektori S. Jabborov ishtirokida fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi. Muloqotlarda aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga oid qonunchilik talablari yuzasidan fikr almashildi.

🔍Shuningdek, 102 qisqa raqamiga murojaat qilgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, aholi xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Darhom kanali hududida cho‘milish bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga kelishib olindi.

Slide 1 of 2