Aholi murojaati asosida Nuroniylar jamg‘armasi Bekobod tumani bo‘limi raisi, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi a’zosi J.Burixujayev hamda “Toza hudud” tuman filiali rahbari B.Turdimurov bilan hamkorlikda Bunyodkor mahallasida chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida hududdagi sanitariya holati, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish masalalari va aholi murojaatlarida ko‘tarilgan muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Toza hudud — sog‘lom muhit, obod mahalla va farovon hayot garovidir!
📌 Aholi murojaatlari — amaliy e’tibor va aniq natijalar uchun muhim mezon.