35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

YUNUSOBOD TUMANIDA SUV TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI

Aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Kattaxodjayev Sherzod tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎O‘rganish davomida hududdagi suv ta’minoti holati, suv tarmoqlarining texnik holati hamda aholidan kelib tushayotgan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

⚖️Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonunchilik talablari asosida tashkil etilishi lozimligiga e’tibor qaratildi.

🌿Jumladan, ichimlik suvi manbalarini muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tarmoqlarining texnik sozligini ta’minlash hamda ekologik xavfsizlik talablariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.

📝Aniqlangan muammolarni bartaraf etish, suv tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.

🤝Deputatlik nazorati doirasida hududdagi muammolarni joyiga chiqib o‘rganish, aholining murojaatlarini tinglash va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.