35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Navro‘z mahallasi hududini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif

Mazkur tashabbus mahalla hududini yana-da ko‘kalamzorlashtirish, obodonligini oshirish, aholi uchun qulay va ekologik sog‘lom muhit yaratish, shuningdek, fuqarolarni hudud obodonligiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Bildirilgan taklifni amalga oshirish maqsadida Navro‘z mahallasidagi bo‘sh joylarni o‘rganish, ko‘chat ekish uchun mos hududlarni aniqlash hamda ushbu ishlarni tegishli mutasaddi tashkilotlar, mahalla faollari va fuqarolar hamkorligida tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ekiladigan ko‘chatlarni parvarishlash, o‘z vaqtida sug‘orish va ularni asrab-avaylash ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Mazkur taklifni amalga oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlarga hamkorlikda ish olib borish va belgilangan tartibda amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish tavsiya etildi.

Slide 1 of 1