Yunusobod tumanida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝Uchrashuv davomida Yunusobod tuman Kengashi deputati Kattaxodjayev Sherzod tomonidan hududdagi suv ta’minoti holati, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.
📝Muammoli hududlarni o‘rganish, suv tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.
🤝Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Bizni kuzatishda davom eting!