35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kengash_faoliyati

#ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_mudiri
#ekspert_guruhi_faoliyati
#Sessiya_kun_tartibi_asosida_o‘rganish

Sessiya oldidan tuman adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining axborotini eshitish masalasi kiritilgan.

Mazkur masalani sessiyada har tomonlama va asosli muhokama qilish maqsadida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tuman adliya bo‘limida dastlabki o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

O‘rganish davomida tuman adliya bo‘limining norma ijodkorligi faoliyati, davlat organlari va tashkilotlarida huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda huquqiy targ‘ibot yo‘nalishlarida olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari, Kotibiyat mudiri A.A.Pardayev hamda deputat I.A.Xalmatov , tuman Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi vakillari ishtirok etdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar umumlashtirilib, doimiy komissiyaning tegishli xulosa va tavsiyalari tayyorlanadi. Mazkur masala yuzasidan tuman adliya bo‘limi boshlig‘ining hisoboti Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

Slide 1 of 1