📈 DEPUTATLIK FAOLIYATINING 8 OYLIK YAKUNLARI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati Uljayeva Aysuluv Toychiyevnaning 2026-yilning 8 oyi davomida deputatlik faoliyati yakunlari sarhisob qilindi.
➡️ Hisobot davrida saylovchilar murojaatlari hamda hududda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilot va idoralarga 6 ta deputat so‘rovi yuborildi. Shuningdek, Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 10 ta sessiyasida faol ishtirok etilib, tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim masalalar muhokamasi va qarorlar qabul qilinishida bevosita qatnashildi.
➡️ Deputatlik faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar muntazam ravishda jamoatchilikka yetkazilib borildi. Hisobot davrida 81 ta axborot materiali ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinib, deputatlik faoliyati keng yoritildi.