35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

HAMKORLIK VA DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA UCHUN


HAMKORLIK VA DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA UCHUN

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G.Xoliqulova tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib, bo‘lim faoliyati, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

🤝 Uchrashuv davomida mavjud masalalarni birgalikda o‘rganish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va belgilangan vazifalar ijrosini nazorat qilish bo‘yicha fikr almashildi.

📌 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi samarali hamkorlik — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topishning muhim omilidir. 

Slide 1 of 2