🏛 O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yillik taraqqiyot yo‘lida oila institutini asrash va mustahkamlash, onalik va bolalikni himoya qilish, oilalar farovonligini ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirildi? Bugun yurtimizdagi demografik jarayonlar, oilalar soni va tug‘ilish ko‘rsatkichlari bu borada qanday natijalarni ko‘rsatmoqda?
📁 Bugungi kunda dunyo miqyosida ham oila institutini asrash va mustahkamlash masalasi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Globallashuv, raqamli transformatsiya, mehnat migratsiyasi, urbanizatsiya va ommaviy madaniyat ta’siri oilaviy munosabatlar oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Ana shunday sharoitda O‘zbekistonda oilalar farovonligini ta’minlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrash, sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirishga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilmoqda. O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra mamlakatimiz aholisi soni 39,0 million nafardan oshdi.
📉 Shu bilan birga, mamlakatimizda tug‘ilish darajasining yuqori saqlanib qolayotgani ham demografik barqarorlikning muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Xususan, 2025-yil davomida mamlakatimizda 879,6 mingta tug‘ilish qayd etilgan.