35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish — dolzarb vazifa

Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish — dolzarb vazifa

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Samarqand viloyati kengashi faollari va viloyat Kengashi deputati Zamira Jabborova ishtirokidagi ishchi guruh Toyloq tumanidagi tarixiy-me’moriy obidalar va ziyoratgohlar holatini o‘rgandi.

📍 Jumladan, Tayloq ota maqbarasida tom qismi ta’mirtalab ekani, obodonlashtirish ishlari yetarli darajada olib borilmagani va ziyoratchilar uchun zarur sharoitlar yaratilmagani aniqlandi.

🕌 Xoja Saqqoyi vali ziyoratgohi esa homiylar ko‘magida ta’mirlanib, obodlashtirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, qabrtoshidagi tarixiy yozuvlarni asl holiga keltirish bo‘yicha mutaxassislar ko‘magiga ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ldi.

📌 O‘rganishlar yakunida aniqlangan muammolar bo'yicha tegishli tashkilotlarga deputat so'rovi chiqarish belgilandi.

Slide 1 of 6