35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi, 15-«Baynalminal» saylov okrugidan saylangan deputat Nurmahmatov Sayidali Mahmatqulovich tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov bilan birgalikda “At-Termiziy” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan navbatdagi yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

Deputat mahalladagi mavjud 10 ta ko‘chalarda  ko‘chama-ko‘cha yurib, shundan, 7–8-ko‘chalardagi xonadonlarni qamrab oldi hamda 20 nafar fuqaroning murojaat va takliflarini joyida o‘rgandi.

O‘rganishlar natijasida:
- 20 nafar fuqaro bilan muloqot qilindi;
- 7 ta murojaat va taklif o‘rganildi;
- 3 ta masala tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi;
- 2 ta masala deputatlik nazoratiga olindi;
- 5 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Muloqotlarda fuqarolarning bandligi, tomorqadan unumli foydalanishi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati, ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan muammolar ko‘chama-ko‘cha o‘rganish jurnaliga qayd etilib, ularning yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikdagi amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 3