35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

HAMKORLIKDA DEPUTATLIK NAZORATI

 HAMKORLIKDA DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlarining biriktirilgan tashkilotlar hamda doimiy komissiyalar bilan hamkorlikdagi ishlari izchil davom ettirilmoqda.

📌 Shu doirada deputat N. Allayorova biriktirilgan tashkilot — Pastdarg‘om tumani “Pastdarg‘om meva-sabzavot” MChJ dehqon bozori faoliyati bilan tanishdi.

🛒 O‘rganish davomida bozorda aholiga yaratilgan sharoitlar, savdo-sotiq jarayonlari, sanitariya va obodonlashtirish holati, shuningdek, aholini zarur qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, bozor faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🤝 Deputatlik nazoratining samarasi — muammolarni joyida o‘rganish, mas’ullar bilan hamkorlikda yechim izlash va aholi manfaatlarini ta’minlashda namoyon bo‘ladi. Rasmiy sahifalarimiz! 

Slide 1 of 1