35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

19¹-modda

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11–Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvat Tadjimurotovich, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputat, hududdagi oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat poliklinika shifokorlari va hamshiralari bilan suhbatlashib, fuqarolarga malakali va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, dori-darmon ta’minoti hamda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Mazkur o‘rganish davomida bildirilgan taklif va mulohazalar kelgusida tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash hamda aholining sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi

Slide 1 of 2