Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 tavsiya ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda tushuntirish va o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Boston MFYda tushuntirish ishlari olib borildi.
Tushuntirish ishlari davomida mahalla yettiligi bilan birgalikda 24 tavsiyaning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi. Shuningdek, Boston MFY hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini sifatli tashkil etish, ichki ko‘chalar va jamoat joylarining ozodaligini ta’minlash hamda aholi yashash hududlarini yanada obod va fayzli maskanga aylantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.