Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonjon Shokirov tomonidan o‘z saylov okrugidagi "Dehqonobod" MFYga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida deputat tomonidan "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi O‘RQ-363-son Qonunning mazmun-mohiyati mahalla faollariga tushuntirildi.
Shuningdek, mahalla hududida ekologik nazoratni kuchaytirish, atrof-muhit tozaligini ta'minlash, aholi tomonidan chiqarilayotgan maishiy chiqindilarni mas'ul tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketishni tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Qonunlar ijrosini joylarda samarali ta'minlash hamda fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.