35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Issiqxonachilik istiqbollari" loyihasi Bo‘zatov tumanida

Bo‘zatov tumanida aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va oila daromadini oshirish borasida ibratli tajribalar ommalashtirilmoqda.
"Issiqxonachilik istiqbollari" loyihasi doirasida xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashining 8-sonli "Erkindarya" saylov okrugi deputati Juginis Jumanazarovning xonadoni o‘rganildi.
Deputat o‘z xonadoni atrofidagi 8 sotix yer maydonidan piyoz, karam, kartoshka, qulupnay kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirmoqda. Xonadonda 56 tup uzum, 8 tup behi, 8 tup olma, 5 tup nok, 10 tup shaftoli daraxtlari ham parvarishlanmoqda.
O‘rganish davomida, ushbu xonadon tajribasi aholi tomorqalaridan unumli foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish, oilaviy daromadni oshirish hamda bozorlarni sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda boshqalarga namuna bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3