35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Kutubxona faoliyati o‘rganildi

Kutubxona faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidiqova tomonidan Uyg‘ur MFY hududida joylashgan 49-umumta’lim maktabi kutubxonasining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxonada mavjud badiiy, ilmiy-ma’rifiy, o‘quv va boshqa adabiyotlarning fondi, ularning saqlanish holati hamda o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning kutubxonaga a’zolik holati, kitoblardan foydalanish darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

📚 O‘quvchilarning yosh xususiyatlari va ta’lim yo‘nalishlaridan kelib chiqib, kutubxonadagi adabiyotlarning yetarliligi va mazmunan xilma-xilligi, ayniqsa, o‘quvchilarning darsdan tashqari mutolaa qilishlari uchun zarur badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3