IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M.Sayfidinov kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilov bilan birgalikda Go‘zal mahalla fuqarolar yig‘inida
ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash,
ularga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash
hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan
ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, elektron
platformalarga ma'lumotlar kiritilishi, murojaatlar bilan ishlash holati hamda
sohaga oid topshiriqlarning ijrosi o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga qayd etilib, ularning bartaraf etilishi yuzasidan deputatlik
nazorati o‘rnatildi.