35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlik davom etmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining doimiy komissiyalari hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur hamkorlik doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a'zosi, tuman Kengash deputati X. Ziyodullayev tomonidan tuman hududidagi “Mikrokreditbank” bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Hamkorlik davomida aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud masalalarni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hal etish hamda deputatlik nazoratini samarali tashkil etish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 1