35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Qonun ijrosi o‘rganildi

2026-yil 13-avgust kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Vazirlar Mahkamasi qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmatlarning sifati hamda qonun talablarining amaliy ijrosi bilan tanishildi.
Shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatishda mavjud muammolar, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, murojaatlar bilan ishlash hamda xizmatlar sifatini yanada yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Slide 1 of 7