35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

#deputatlar_nazorati #kotibiyat_mudiri

Shuningdek, o‘rganish davomida maktabning o‘ziga xos qiyofasini aks ettiruvchi yangi brend logotipi yaratilgani bilan ham tanishildi. Mazkur tashabbus ta’lim muassasasining o‘ziga xosligini namoyon etish, maktab jamoasi va o‘quvchilarda unga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Bundan tashqari, o‘quvchilarning dars jarayonida mobil qurilmalardan foydalanishini tartibga solish maqsadida ularning mobil telefonlarini saqlash uchun maxsus sharoitlar yaratilgani ko‘zdan kechirildi. Bu kabi amaliy choralar o‘quvchilarning darsga e’tiborini oshirish, ta’lim jarayonida tartib-intizomni mustahkamlash hamda zamonaviy talablar asosida o‘quv muhitini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

O‘rganish jarayonida maktab hududining obodonlashtirilishi, tozaligi va ko‘kalamzorlashtirish holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Maktab direktori G.Do‘smatova hamrohligida hududdagi mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, o‘quvchilar uchun ozoda, xavfsiz va estetik jihatdan qulay muhit yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A. Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N. Akbarova ishtirok etdilar.

Slide 1 of 6