35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M. Umarov tomonidan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan muammo va takliflar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va jamiyatdagi faolligini oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.