📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov hamda Akbarali Alisherov tomonidan "Go‘zal" mahallasida joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
❗️ O‘rganish davomida mahalla hududidagi ko‘chalardan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ushbu hududda yashovchi fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va mulohazalari tinglandi.
✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, deputatga axborot kiritish uchun tayyorlandi