📍Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Bahrom Xudoyarov, Yashnobod tumani IIOFMB huqbuzarliklari profilaktikasi bo'limi xotin qizlar masalalalri bo'yicha katta inspektorlari hamda fuqarolar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
❗️Tadbirda "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunning 23-moddasi asosida himoya orderini berish tartibi va jabrlanuvchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
📌 Yakunda ishtirokchilar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish hamda bu boradagi hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan fikr almashilib, fuqarolarning qiziqtirgan savollariga javob berildi.