35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Murojaat ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

📌 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 11-Tong saylov okrugi deputati Tal'at Usmanovga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaat yuzasidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov hamda Akbarali Alisherov tomonidan joyida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida "Vatandosh" mahallasi hududida qurilishi yakunlanmay qolgan bolalar maydonchasidagi holat ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakuniga yetkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda maydonchani foydalanishga topshirish masalalari mas'ul tashkilot vakillari bilan muhokama qilindi.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, deputatga axborot kiritish uchun tayyorlandi.

Slide 1 of 1