Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov hamda kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida “Bahoriston” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari, hovli hududlari tozalik holati joyiga chiqib o‘rganildi.
📌 O‘rganishda maishiy chiqindilarni olib chiqish ishlari, ko‘p qavatli uylar atrofi, chiqindi to‘planadigan maydonchalar va begona o‘tlarni tozalash ishlari maxsus texnikalar yordamida amalga oshirilayotgani ko‘zdan kechirildi. Ko‘p qavatli uylarning umumiy foydalanishdagi hojatxonalarida sanitariya-tozalik bo‘yicha ayrim kamchiliklar mavjudligi aniqlandi.
📒 Natijada aniqlangan kamchiliklar “Deputat daftari”ga belgilangan tartibda qayd etilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish belgilandi.