📌 Sherobod tumani Kengashida deputatlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishi masalalari muhokama qilindi
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov rahbarligida Kengash deputatlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
📖 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatlarining namunaviy odob-axloq qoidalari” talablari, ularning deputatlik faoliyatidagi o‘rni va ahamiyati hamda mazkur qoidalarga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
💬 Tadbir davomida deputatlarning o‘z vakolatlarini amalga oshirishda mas’uliyat, xolislik va qonuniylik tamoyillariga amal qilishi, fuqarolar bilan muloqot jarayonida yuksak odob-axloq me’yorlariga rioya etishi yuzasidan fikr almashildi.
✅ Yig‘ilish yakunida deputatlarga belgilangan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish, xalq manfaatlarini ustuvor vazifa sifatida belgilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.