Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Bo‘tayev tomonidan tumanda tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida faol ishtirok etildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bilim va tafakkurini oshirish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga xizmat qildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar turli sohalarga oid savollarga javob berish orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etdilar.
Deputat B.Bo‘tayev intellektual o‘yinlarning ahamiyatiga to‘xtalib, bunday tadbirlar yosh avlodning mustaqil fikrlashi, dunyoqarashini kengaytirishi va vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
“Zakovat” intellektual o‘yinlari tumanda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda bilimli va salohiyatli kadrlarni tarbiyalashga qaratilgan ishlar samaradorligini yana-da oshirishga xizmat qilmoqda.