35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

AHILLIK MAHALLASIDA YANGIDAN QURILGAN KO‘PRIK JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, senator B.Abdullayev okrugi hududida — Xonqa tumanining “Ahillik” mahallasida yangidan barpo etilgan ko‘prik joyiga chiqib o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida:
🟠Ko‘prikning qurilish sifati, foydalanishga tayyorlik darajasi hamda belgilangan texnik talab va me'yorlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi;
🟠Mazkur inshootning aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanishni ta'minlashdagi muhim ahamiyati alohida e'tirof etildi;
🟠Ushbu ko‘prik hududda transport va piyodalar harakatini yanada yengillashtirish, mahalla infratuzilmasini rivojlantirish hamda fuqarolarga qulay sharoit yaratishga xizmat qilishi qayd etildi.

📝 O‘rganish yakunida mas'ul tashkilotlar vakillariga mavjud holatni doimiy nazoratda ushlab turish hamda atrofni obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3