Viloyat Kengashida viloyat Prokurori M.Eshnazarov:
📍Samarqand viloyatida jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlar natijasida qator ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.
✔️2026-yilning birinchi yarim yilligida viloyatda 6 987 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lib, ularning 3 346 tasi axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14 foizga kamaydi.
🤝Natijada viloyatdagi 661 ta mahallada, ya’ni mahallalarning 62 foizida birorta ham jinoyat sodir etilmadi. Avval “qizil” toifada bo‘lgan 118 ta mahallaning 52 tasida esa jinoyat qayd etilmadi.
➡️Shuningdek, bosqinchilik jinoyatlari 50 foizga, yo‘l-transport hodisalari 27 foizga, avtotransport vositalarini olib qochish 20 foizga, firibgarlik va og‘ir tan jarohati yetkazish holatlari 15 foizga, qotillik jinoyatlari esa 13 foizga kamaydi.
⚡️Bu natijalar huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahallalar va jamoatchilikning hamkorlikdagi ishlari samarasi hisoblanadi.