35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Andijon shahar hokimligida siyosiy-ma'rifiy soat o‘tkazildi

Andijon shahar hokimligida navbatdagi siyosiy-ma'rifiy soat bo‘lib o‘tdi. Unda Andijon shahar hokimligi xodimlari bilan bir qatorda, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov, Kengash kotibiyati mudiri B. Muydinov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari ham ishtirok etdi.

Siyosiy-ma'rifiy soat davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, qonunchilikdagi yangiliklar hamda dolzarb ijtimoiy-siyosiy jarayonlar yuzasidan tayyorlangan ma'ruzalar tinglandi.

Shuningdek, tadbir davomida davlat fuqarolik xizmati tizimida xizmat intizomini mustahkamlash, ijro intizomini oshirish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hamda aholiga sifatli va samarali xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 2