Deputatlik nazorati: savdo obyektining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F. Turayev tomonidan deputatlik nazorati doirasida M. Ulug‘bek mahallasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida savdo faoliyatining amaldagi talablar asosida tashkil etilgani, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish sharoitlari hamda iste’molchilar uchun yaratilgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektining faoliyatini yanada rivojlantirish, belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish va aholi talabidan kelib chiqib xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.