35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi

Deputatlik faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov o‘ziga biriktirilgan Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Sh. Uralov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida yoshlar vakilining deputatlik faoliyatidagi ishtirokini yanada faollashtirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahallalarda deputatlik nazoratini amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari ijrosi monitoringini tashkil etish hamda aholi bilan samarali muloqot olib borish masalalari yuzasidan metodik ko‘rsatmalar va amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, deputat va Yoshlar maslahat guruhi o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududdagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

Slide 1 of 2