Ekspert va Yoshlar maslahat guruhlari faoliyati keng yoritildi
Hafta davomida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Ekspert hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatiga oid 6 ta axborot posti ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.
Mazkur postlarda guruhlar tomonidan amalga oshirilgan o‘rganishlar, bildirilgan taklif va tavsiyalar, yoshlar bilan uchrashuvlar hamda Kengash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslar keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.