19¹-modda doirasidagi deputatlik nazorati faol yoritildi
Hafta davomida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi doirasida amalga oshirilgan deputatlik nazorati tadbirlari yuzasidan 14 ta axborot posti ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.
Postlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini o‘rganish, qabul qilingan qarorlar ijrosi, budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish, fuqarolar murojaatlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar keng jamoatchilikka yetkazildi.