35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOV OKRUGIDA MUHIM MASALALAR O‘RGANILMOQDA

 DEPUTAT FAOLIYATI: SAYLOV OKRUGIDA MUHIM MASALALAR O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Eliboyev Nizomning hafta davomidagi faoliyati doirasida 2 ta muhim yo‘nalishdagi ish ijtimoiy tarmoqlarda yoritildi.

✅ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalani saylov okrugida o‘rganish – deputat tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan hududdagi mavjud holat o‘rganilib, fuqarolar fikr-mulohazalari va amaliy takliflar yig‘ildi.

✅ Joylardagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish – saylovchilarni qiynayotgan dolzarb muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar belgilandi.

🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — aholi manfaatlarini himoya qilish, hududlarni rivojlantirish hamda fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topishga xizmat qilishdir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: