Aholi dasturxoni to‘kinligini ta’minlash va narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish maqsadida navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan bayram munosabati bilan shahardagi “Oydin” dehqon bozori faoliyati ko‘zdan kechirildi.
📥Sifat nazorati: Eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya talablariga muvofiqligi;
📥Narx-navo barqarorligi: Mahsulotlar narxining sun’iy ravishda oshirilmaganligi;
📥Zaxira holati: Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, bozor rastalarida mahsulotlar yetarliligi.
✅Ushbu tadbirlar orqali bozor ma’muriyatiga narxlarni barqaror saqlash va xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.