Yunusobod tumani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Ravshan Yusupov hamda Yunusobod tumani hokimi birinchi o‘rinbosari Avazbek To‘laganov ishtirokida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
👥Uchrashuv davomida yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ajratilayotgan subsidiyalar, imtiyozlar hamda davlat dasturlarida ishtirok etish tartiblari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
📌Muloqot yakunida yoshlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berilib, ularning tashabbus va takliflari tinglandi.
➡️Bunday uchrashuvlar yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!