35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

📌 10-Saidlar saylov okrugida uyma-uy o‘rganishlar olib borildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.Qurbonova, mahalladagi hokim yordamchisi S.Ro‘zimov ishtirokida 10-Saidlar saylov okrugi hududida fuqarolar bilan uyma-uy muloqotlar o‘tkazildi.

🤝 O‘rganishlar davomida aholini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolar, infratuzilma, bandlik va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar nazoratga olinib, ularni qonunchilik doirasida ijobiy hal etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.