Yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashining 23-Toshrabot saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh. Usmonova Qalayi Azizon mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish davomida yoshlarni bandlikka jalb etish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.