Янгиликлар

Ijtimoiy dorixona faoliyati o‘rganildi

Ijtimoiy dorixona faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A. Otayev, “Adolat” SDP tuman Kengashi raisi M. Eshmurodova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov o‘z saylov okrugidagi ijtimoiy dorixona faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida dorixonada aholiga ko‘rsatilayotgan farmatsevtik xizmatlar sifati, dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi hamda ularning narx-navolari o‘rganildi. Ayniqsa, ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalarining belgilangan narxlarda sotilishi, ularning uzluksiz ta’minoti va aholiga qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, dorixona rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, dori vositalarini saqlash sharoitlari, aholining talab yuqori bo‘lgan preparatlar bilan ta’minlanish holati hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4