Янгиликлар

Shayxon MFYda obodonlashtirish va tozalik ishlari bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi kotibiyat mudiri F.Hojiyev Shayxon mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan profilaktik tadbirda ishtirok etdi.

Tadbir davomida mahalla hududida ko‘chalarni toza saqlash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, hududlarni ozoda tutish, noqonuniy chiqindi uyumlarining oldini olish hamda fuqarolarning ekologik madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘chalar, yo‘laklar hamda jamoat joylarini obodonlashtirish, yashil hududlarni asrash va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Ta'kidlanganidek, mahallalarni obod va ozoda saqlash har bir fuqaroning burchi bo‘lib, bu boradagi hamkorlikdagi ishlar izchil davom ettiriladi.