Янгиликлар

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA

📚 Shovot tumanidagi 25-son umumta'lim maktabi hamda 1-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan mukammal ta'mirlash ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
🔎 O‘rganishlar davomida ayrim obyektlarda qurilish ishlari belgilangan jadval asosida olib borilmayotgani hamda ish sur'atlari sustligi aniqlandi.
📑 Shu munosabat bilan mas'ul tashkilotga deputat so‘rovi yuborilib, qurilish ishlari holati, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari va obyektlarni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan batafsil ma'lumot taqdim etish so‘raldi.
🎯 Maqsad – 2026–2027-o‘quv yiliga qadar ta'lim muassasalarini o‘z vaqtida va sifatli foydalanishga topshirish hamda ta'lim jarayonining uzluksizligini ta'minlash.