Янгиликлар

Mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi, fuqarolar murojaatlari tinglandi.

O‘rganishlar davomida mahalla faollari hamda fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni qiynayotgan dolzarb muammolar, aholini o‘ylantirayotgan masalalar va ularning taklif-mulohazalari tinglandi.

Xususan, ichki yo‘llarni ta'mirlash, ichimlik suvi va elektr energiyasi ta'minoti, ko‘cha yoritish tizimi, obodonlashtirish, sanitariya-tozalik, kommunal xizmatlar sifati, yoshlar bandligini ta'minlash hamda ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat yuzasidan tegishli mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari kiritish hamda murojaatlar ijrosini deputatlik nazoratiga olish belgilandi.

Shuningdek, fuqarolarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari hamda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Fuqarolar bilan doimiy muloqot qilish, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3